

"Aristokratlar" so'nggi 10 yildagi eng yomon natijasini qayd etishmoqda.
Grem Potter jamoasi 5ta o'yindan beri g'alaba qozona olmayapti, bu vaqt ichida ular 2ta durang va 3ta mag'lubiyat qayd etishdi.
So'nggi bor ular 2012 yilda ketma-ket 5ta bahsda g'alaba nimaligini bilishmagan.
"Chelsi"ning navbatdagi o'yini JCH-2022dan keyin 26 dekabr kuni "Bornmut"ga qarshi bo'lib o'tadi.



