"Chelsi" sobiq ustozi "Lion"ni boshqarishi mumkin

Sherzod Nurmatov
7 sen 2023
Tomonlar allaqachon muzokaralar olib borishgan.

"Brayton" va "Chelsi" klublari sobiq bosh murabbiyi Grem Potter "Lion" boshqaruviga kelishi mumkin. Bu haqda "L'Equipe" xabar bermoqda.

Klub egasi Jon Tekstor allaqachon mutaxassis bilan muzokaralar o'tkazgan.

"To'quvchilar" rahbariyati bosh murabbiy Loran Blan ishidan norozi. Jamoa yangi mavsumni yomon boshladi, yani 4 turda bor-yo'g'i 1 ochko to'pladi. "Lion" hozirda Liga 1 turnir jadvalida 20-o'rinda bormoqda.

"To'qimachilar" rahbariyati qiziqishlari doirasida Uilyam Still va Tyago Motta ham bor, ammo Potter ular orasida ustuvor nomzod. Angliyalik mutaxassisga o'ylash uchun vaqt berildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: L'Equipe