"Chelsi" sobiq o'yinchisi ispan klubiga o'tdi

Alisher
17 avg 2022, 13:47
"Chelsi" sobiq futbolchisi Charli Musonda faoliyatini Ispaniyada davom ettiradi.

25 yoshli belgiyalikning yangi ish joyi Segundada ishtirok etayotgan "Levante" klubi bo'ladi.

Klub matbuot xizmatining xabariga ko'ra, o'yinchi bilan mehnat shartnomasi 2024 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.

Musonda "Levante"ga erkin agent maqomida o'tdi. Uning "Chelsi" bilan shartnomasi o'tgan mavsumning so'nggida yakuniga etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: levanteud.com