"Chelsi" sobiq futbolchisi faoliyatini "Sevilya"da davom ettiradi

Sherzod Nurmatov
29 avg 2025, 19:39
So'nggi yillarda Madridning "Atletiko" jamoasida o'ynagan tajribali himoyachi Sezar Aspilikueta faoliyatini davom ettirish uchun yangi jamoa topdi.

"El Chiringuito" xabariga ko'ra, 36 yoshli ispaniyalik futbolchi tez orada erkin agent sifatida "Sevilya"ga o'tadi. Aspilikueta jamoa bilan yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan 1 yillik shartnoma imzolaydi. 

Bungacha himoyachi uzoq vaqt Londonning "Chelsi" jamoasida to'p tepgan. Aspilikueta "Marsel" va "Osasuna" jamoalarida ham o'ynagan.

Sezar Aspilikueta o'tgan mavsum "matraschilar" tarkibida Ispaniya chempionatida 14 ta o'yin o'tkazib, 1 ta to'p kiritgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: El Chiringuito