"Chelsi" shvetsiyalik hujumchini sotib olmoqchi

Sherzod Nurmatov
14 dek 2023, 11:25
Futbolchi APLga o'tishi mumkin.

"Sporting"ning shvetsiyalik hujumchisi "Chelsi"ning qishki transfyerdagi maqsadlaridan biri bo'lib turibdi. Bu haqda "Evening Standard" nashri xabar bermoqda.

Viktor Dokeresh joriy mavsum Yevropa futbolining kashfiyotlaridan biri bo'lib,  u o'zining maydondagi ajoyib o'yinlari bilan butun qita e'tiborini tortdi (18 ta o'yinda 15 ta gol va 7 ta golli uzatma).

"Chelsi"ning qiziqishini hisobga olsak, yosh hujumchining kelajagi "Sporting"dan tashqarida bo'lishi mumkin.

25 yoshli forvardning Lissabon klubi bilan kelishuvi 2028 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.

Nufuzli Transfermarkt portali futbolchini 32 million evroga baholamoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Evening Standard