"Chelsi" short-listidan uch nafar markaziy himoyachi o'rin oldi

Sherzod Nurmatov
21 mar 2021, 02:07
"Chelsi" yozda yangi markaziy himoyachini sotib olishga tayyor.

"The Athletic"ning axborot berishicha, London klubining ro'yxatiga Niklas Zyule ("Bavariya"), Xose Ximenes ("Atletiko") va Ibraima Konate ("RB Leyptsig") kiritilgan.

Hozirda klub ixtiyorida 4 ta markaziy himoyachi bor – Tyago Silva, Kurt Zuma, Antonio Ryudiger va Andreas Kristensen.

"Chelsi" 29 turdan so'ng APL jadvalining to'rtinchi pog'onasida bormoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Athletic