"Chelsi" Saulni "Atletiko"dan ijaraga oldi. Klublar transferni rasmiylashtirishga ulgurishdi

Alisher
1 sen 2021, 07:37
"Atletiko" yarim himoyachisi Saul Niges faoliyatini "Chelsi"da davom ettiradi.

Klublar oldin bitim barbod bo'lgani haqidagi xabarga qaramasdan, 26 yoshli xavbekning transferini amalga oshirishga ulgurishdi.

"Chelsi" ispaniyalikni bir yilga 4 millon evro evaziga ijaraga oladi va klub uni 35 million evroga xarid qilish huquqiga ega.

Saul "Atletiko" akademiyasiga 2008 yilda kelib qo'shilgan, u 2010/11 yilgi mavsum bosh jamoada debyut qilgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: chelseafc.com