“Chelsi” Sarriga yiliga 12 million evro to'lamoqchi

25 okt 2017, 00:25
“Chelsi” rahbariyati “Napoli” bosh murabbiyi Mauricio Sarrini jamoaga taklif etishl niyatida.

Football Itailia nashrining Italiyaning 7 Gold telekanaliga tayanib xabar berishicha, Antonio Kontening klub bilan munosabatlariga darz ketgan. Shu sabab londonliklar aynan Kontening o'rniga Sarrini munosib nomozod sifatida ko'rishmoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, “Chelsi” Sarriga yiliga 12 million evro miqdorida maosh to'lashga tayyor.

Agar Sarri “Napoli”ni tark etadigan bo'lsa, klub rahbariyati uning o'rinbosari sifatida “Sampdoriya” ustozi Marko Jampoloni jamoaga taklif etish niyatida.


O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia