"Chelsi" Ryudigerga PSJdan o'rinbosar topdi

Alisher
23 dek 2021, 15:04
Londonning "Chelsi" klubi himoyachi Antonio Ryudiger bilan yangi shartnoma borasida kelisha olmayapti va unga o'rinbosar izlashni boshlab yuborgan.

"Aristokratlar" qiziqishlari doirasiga PSJ himoyachisi Presnel Kimpembe tushib qolgan. Shaxsan London klubi ustozi Tomas Tuxel ushbu futbolchining transferini talab qilmoqda.

26 yoshli francuz esa klubini o'zgartirishga tayyor. Uning shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Kimpembe joriy mavsum Liga 1 doirasidagi 15ta o'yinda maydonga tushdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: L'Equipe