"Chelsi" Ryudiger bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Mirjalol Normatov
7 mar 2021, 16:56
"Chelsi" rahbariyati himoyachi Antonio Ryudigerni tarkibda olib qolmoqchi.

"Football Insider"ning yozishicha, "Tottenxem" tomonidan qiziqishlar bo'layotgan futbolchiga "Chelsi" yangi va yaxshilangan shartnoma tuzib chiqmoqda. Qayd etish kerak, Tomas Tuxel kelganidan keyin Ryudiger doimiy o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqda.

Ushbu mavsumda 28 yoshli futbolchi "Chelsi" tarkibida 19 o'yinda qatnashdi. Uning klub bilan shartnomasi 2022 yilga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Insider