Chelsi Runiga endi 40 mln funtlik taklif bilan chiqadi

21 iyul 2013, 12:37
The Telegraph xabar berishicha "Manchester Yunayted" hujumchisi Ueyn Runi uchun "Chelsi" yanada yaxshiroq taklif bilan chiqadi.
Ushbu hafta boshlarida londonliklar 27 yoshli futbolchi uchun 25 million funtlik taklif bilan chiqib, rad javobini olishgvndi.

Endi, manbaning xabarlariga ko'ra berilajak pul miqdorini yanada oshirib, uni 40 millionga etkazgan holda boshqa taklif bilan chiqishga qaror qilgan "Chelsi". Undan tashqari Runining "Chelsi"dagi muvoffaqiyatli o'yinlari uchun yaxshigina bonuslar ham taklif qilmoqchi.


Manba: sports.ru