
London klubi 27 yoshli futbolchi uchun 20 million funt ajratishga tayyor. Runining o'zi esa Mourinyo bilan ishlab ko'rish istagi yo'q emasligini bildirgan.
Avvlaroq Devid Moyes Runi bilan uchrashib olib, uni jamoada qolishga ko'ndirishga urinib ko'rmoqchi ekanligi haqida xabar berilgandi.
Runining o'zi esa jamoani tark etishga qarshi emas. "Qizil iblislar" esa agar futbolchi ketadigan bo'lsa u bilan kamida 35 sillion funt evaziga xayrlashishlari mumkinliklarini bildirgan.
Runini o'z safida ko'rmoqchi bo'lganlar orasida shuningdek, "Arsenal", "PSJ" va "Real" klublari ham bor.