"Chelsi" rostan hazillashyaptimi?

Omonjon To`xtamirzayev
27 avg 2024
Todd Boeli Londonning "Chelsi" klubi uchun yangi futbolchilar sotib olishdan charchamayapti.

Bu safar "aristokratlar" "Genk"dan yosh umidli darvozabon Mayk Pendersni sotib olishdi. 

Belgiya U-19 termasi a'zosi Mayk Penders "Chelsi" bilan 2032 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi. Shunga qaramay, joriy mavsumni futbolchi "Genk"da o'tkazadi.

E'tiborli jihati, Mayk "Genk" asosiy jamoasi safida o'tgan oy "Standard Lej"ga qarshi o'yinda debyut qildi va o'z darvozasini"quruq" saqlay oldi. Shu tariqa, 18 yosh va 363 kunlik golkiper "Jupiler Pro" ligasida debyut qilgan uchinchi eng yosh darvozabonga aylandi. 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Chelseafc.com