

London klubi 25 yoshli gretsiyalik futbolchini 32 million evroga sotib olmoqchi, Manolasning o'ziga esa yiliga 4 million maosh bermoqchi.
Romada Manolas yiliga 1,5 million evro maosh olmoqda. Agar 31 avgustga qadar futbolchi Londonga o'tsa, Roma Manolasning sobiq klubi Olimpiakosga 10 million evro to'lashi kerak.
Londonning yana bir klubi Arsenal ham himoyachiga yiliga 4 million evro maosh berishga tayyor.



