Chelsi, Real va Barselona Portu yarim himoyachisi Ruben Neveshga qiziqmoqda

Narzulla Saydullayev
24 sen 2015, 10:30
Portuning tayanch yarim himoyachisi Ruben Nevesh Chelsi qiziqishlari doirasiga kirib qoldi.

London klubi 18 yoshli Portugaliya terma jamoasi a'zosini diqqat bilan kuzatmoqda. Futbolchiga Real va Barselona kabi klublari ham e'tibor qaratishgan, deb xabar bermoqda A Bola nashri.

Neveshning Portu bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilda tugaydi, uning transfer narxi 40 million evro deb belgilab qo'yilgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru