
"Jamoamizda futbolchilar juda ko'p emas, ammo ularning barchasi sifatli futbol namoyish eta oladi. Kimdur yosh, kimdur tajribali, lekin umuman olganda jamoamiz kuchli.
Maqsadimiz - mavsumni boshlagan futbolchilar bilan chempionatni tugatish, shu sababli hech kim klubni tark etmaydi va xaridlar ham bo'lmaydi" - deydi Mourinyo.
Eslatib o'tamiz, "Chelsi" 16 turdan so'ng turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ularga eng yaqin jamoa "Manchester Siti" yetakchilardan uch ochko ortda qolyapti.