"Chelsi" qishda "Borussiya" to'purarini xarid qilishi mumkin

Aslanov Jasurbek
28 noya 2017
Dortmundning "Borussiya" hujumchisi Per-Emerik Obameyyang qishki transfer oynasida jamoani tark etib, faoliyatini Tumanli Albionda davom ettirishi mumkin.

Gabonlik futbolchi "Chelsi" qiziqishlari doirasida.

Londonliklar bosh murabbiyi Antonio Konte hujum chizig'iga rangbaranglik kiritmoqchi va Obameyyang jamoani kuchaytira oladiganlardan biri sifatida hisoblanmoqda. Oldinroq, "Borussiya" 28 yoshli forvard uchun 60 mln. evro to'lashga tayyorligi e'lon qilingandi.

Joriy mavsum Per-Emerik Obameyyang Bundesliganing 12ta uchrashuvida 11ta gol urib, 2ta golli pas berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Mirror