

"The Times" xabariga ko'ra, "ko'klar" qishki transfer oynasida hujum chizig'ini kuchaytirish niyatida va 20 yoshli futbolchini sotib olmoqchi.
Avvalroq "Chelsi" "Atletiko"dan hujumchi Joau Feliksni 11 million evro evaziga ijaraga olishga kelishib olgani ma'lum bo'lgandi.
Madueke 2022/23 yilgi mavsum PSV safida 7 ta o'yinda 1 ta gol urdi. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Transfermarkt portali futbolchini 15 million evroga baholamoqda.



