

Ma'lumotlarga qaraganda, klub rahbarlari 47 yoshli mutaxassisga ishonishda davom etadi.
Potterni "Tottenxem"dan APL 25-turida uchralgan mag'lubiyatdan (0:2) keyin ham ishdan ozod etmoqchi emaslar.
"Chelsi" hisobida so'nggi 11 o'yinda 1 g'alaba va 4 ta gol bor. Jamoa qatorasiga 6 o'yindan buyon yuta olmayapti.
London klubi APLda 10-o'rinni egallab turibdi va YCHL yo'llanmasini beruvchi 4-o'rindan 14 ochkoga ortda qolmoqda.



