"Chelsi" Perishich uchun "Inter"ga 65 mln. evro to'lashga tayyor

Aslanov Jasurbek
24 apr 2017, 16:10
Ivan Perishich borasida "Chelsi" hamda "Inter" o'rtasidagi kelishuvning moliyaviy shartlari ma'lum bo'ldi.

Londonliklar 28 yoshli futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda va u uchun "Manchetsre Yunayted" bilan kurashishga tayyor. Mankunianlar futbolchi uchun 51 mln. evro taklif qildi.

"Chelsi" Perishich uchun kattaroq pul taklif qilmoqchi. Gap 65 mln. evro haqida ketmoqda. "Inter" moliyaviy feyr-pley qoidalariga rioya qilish uchun Perishichni qo'yib yuborishga tayyor.

Xorvatiyalik va "Inter" o'rtasidagi bitim 2020 yilning yozida yakuniga etadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Corriere della sera