“Chelsi” “Paredes uchun endi 35 mln evro taklif qildi

15 yanv 2019, 09:02
Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi yarim himoyachisi Leandro Paredes Londonga ko'chib o'tishi mumkin.

“Chelsi” futbolchining xizmatlariga jiddiy qiziqib qolgan. Avvalroq “Aristokratlar” Paredes bo'yicha “Zenit”ga 30 mln evrolik taklif yuborgan. Ammo “Zenit” futbolchi kamida 40 mln evro ishlab olmoqchi. Qayd etilishicha, taklif 35 mln evroga ko'tarilgan.

Leandroning o'zi ham Rossiyani tark etish xohlamoqda. Futbolchi Londonga keladigan bo'lsa, “Chelsi” bilan 2023 yilgacha mo'ljallangan shartnoma imzolaydi. Uning maoshi esa 4,5 mln evroga teng bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Gazette dello Sport