“Chelsi” navbatdagi nazorat bahsini o'tkazdi va 7ta gol urgan holda zafar quchdi

Eldor Akmurzayev
14 iyun 2020
Yana uch kundan keyin APL joriy mavsumi restart oladi.

Rasmiy uchrashuvlarga tayyorgarlik ko'rayotgan “Chelsi” bugun Chempionship vakili QPRga qarshi nazorat bahsini o'tkazdi va 7:1 hisobida zafar qozondi. “Aristokratlar” safida Ruben Loftus-Chik va Billi Gilmor dublga erishgan bo'lishsa, Meyson Maunt, Olive Jiru hamda Villian bittadan gol urishdi.

Eslatib o'tamiz, Frenk Lempard shogirdlari Angliya chempionatining 30-turi doirasida 21 iyun kuni safarda “Aston Villa”ga qarshi bahs olib boradi. Jamoa musobaqa jadvalida 48 ochko bilan 4-o'rinda bormoqda.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: euro-football.ru