"Chelsi" Mudrikdan keyin yana ikki transfer amalga oshirmoqchi

Mirjalol Normatov
15 yanv 2023, 14:56
Mixail Mudrikning transferi "Chelsi" uchun qishdagi so'nggi xarid bo'lmaydi.

Bugun ukrainalik 22 yoshli futbolchi klub uchun tibbiy ko'rikdan o'tgan. U APL doirasidagi "Kristal Pelas"ga qarshi bo'ladigan o'yinni tribunadan kuo'atib boradi.

100 million evro evaziga xarid qilinayotgan Mudrik "Chelsi" uchun qishdagi so'nggi transfer bo'lmaydi. Klub jamoa tarkibini qishda yana ikki futbolchi bilan to'ldirish niyatida.

Qishda "Chelsi" tarkibiga 4 futbolchini qo'shib bo'ldi. Ularning transferiga hozircha 73 mln evro ishlatib bo'lingan. Mudrikdan keyin bu summa 100 millionga ko'payadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal