"Chelsi" Mareskaning kelajagi bo'yicha bir qarorga keldi

Alisher Ostonov
7 dek 2025
"Chelsi" rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Enso Mareskuni to'liq qo'llab-quvvatlamoqda va uning qo'l ostidagi jamoaning rivojlanishidan mamnun.

Manbalarning ma'lum qilishicha, klubdagilar jamoaning so'nggi vaqtlardagi muvaffaqiyatsiz natijalaridan xavotirga tushishmayapti. Bir kun avval "Chelsi" APLning so'nggi uch turida g'alaba qozona olmayotgan "Bornmut" bilan 0:0 hisobida durang o'ynadi va peshqadam "Arsenal"dan 8 ochko ortda qolgan holda to'rtinchi o'rinda bormoqda.

Qolaversa, klub hozirda bosh murabbiy bilan shartnomani uzaytirish haqida o'ylamoqda. Amaldagi bitim 2029 yilgacha mo'ljallangan.


Alisher OstonovMuallif
Manba: TEAMtalk