"Chelsi" - "Manchester Yunayted" uchrashuvini boshqaradigan hakamlar ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
16 fev 2020, 17:41
Ertaga tunda APL 26-turi doirasida "Chelsi" o'z maydonida "Manchester Yunayted"ni qabul qiladi.

APL rasmiy sayti ushbu bahsni boshqarib boradigan hakamlar nomini ma'lum qildi. Unga ko'ra, ushbu o'yinni boshqarish Entoni Teylorga topshirilgan. Teylor ushbu mavsumda barcha turnirlarda 20 o'yinda ishladi va 83 sariq hamda 4 bora qizil kartochka ko'rsatdi.

Bosh hakam: Entoni Teylor (Cheshir).

Yordamchi hakamlar: Gari Besuik, Adam Nann.

Zaxiradagi hakam: Styuart Etvell.

Video-assistent referi: Kris Kavana.

Video-assistent yordamchisi: Shan Messi-Ellis.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal