"Chelsi" Maguayrni xarid qilishni rejalashtirmayapti

Alisher
21 avg 2022, 17:46
"Chelsi" "Manchester Yunayted" himoyachisi Xarri Maguayrni taklif qilishga qiziqmayapti.

Bu haqda jurnalist Fabricio Romano xabar bermoqda.

"Bilishimcha, ularning maqsadlari hozirda Fofana va bu "Chelsi"dan olgan yagona javobim", - deya ma'lum qildi Romano.

29 yoshli himoyachining manchesterliklar bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

Eslatib o'tamiz, Maguayr "Manchester Yunayted"ga "Lester"dan 2019 yilning yozida 87 mln evro evaziga o'tgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano