"Chelsi" Lukakuni 600 ming evrogacha jarimaga tortadi

Alisher
4 yanv 2022
"Chelsi" bir necha kun oldin bergan intervyusi uchun forvard Romelu Lukakuni jarimaga tortadi.

London klubi 28 yoshli hujumchini 600 ming evrogacha jarimaga tortishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, belgiyalik "Chelsi"ga "Inter"dan o'tgan yozda 115 million evro evaziga o'tgan edi. Uning London klubidagi maoshi toza 12 mln evroga teng.

Lukaku joriy mavsum "Chelsi" tarkibida barcha musobaqalarda 18ta o'yinda maydonga tushib, 7ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport