"Chelsi" Lukakudan keyin markaziy himoyachi sotib olishga harakat qiladi

Mirjalol Normatov
8 avg 2021, 11:51
Romelu Lukakuning transferidan keyin "Chelsi" bor e'tiborini markaziy himoyachi sotib olishga qaratadi.

"Sevilya" himoyachisi Jyul Kunde ayni damda London klubi uchun asosiy nishon bo'lib turibdi. Biroq klub uning transferi hali kelishilmagan.

Lukaku yaqin vaqtlar ichida Londonga uchib borishi va "Chelsi" bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Forvardning tibbiy ko'rik va tanishtiruv marosimi kelasi hafta o'rtalarida bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/fabrizioromano