"Chelsi" Lukaku bilan muzokaralarni boshladi

Alisher
28 may 2021
Londonning "Chelsi" klubi Milanning "Inter" forvardi Romelu Lukaku bilan muzokaralarga kirishdi.

Belgiyalik forvard "neradzurrilar" safidan Antonio Konte tark etganidan so'ng kyetish xohishini bildirmoqda.

28 yoshli Lukaku 2011-2014 yillar davomida "aristokratlar" safida 15ta o'yin o'tkazib, gol ura olmagan va shundan so'ng "Everton"ga o'tgan.

Futbolchining "Inter" bilan tuzgan shartnomasi 2023/24 yili mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan. U o'tgan mavsum A Seriya doirasidagi 36ta o'yinda maydonga tushib, 24ta gol va 11ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Het Laatste Nieuws