"Chelsi" "Lester" himoyachisi uchun 78 million to'lamoqchi

Aslanov Jasurbek
16 avg 2020, 15:55
"Lester" himoyachisi Ben Chiluell yaqin orada "Chelsi" futbolchisiga aylanishi mumkin

The Independent nashri jurnalisti Derek O’Lirining xabar berishicha, klublar 23 yoshli futbolchining transferi bo'yicha kelishuvga erishgan. Londonliklar futbolchi uchun bonuslardan tashqari 60 million evro to'laydi. Agar tomonlar o'rtasidagi ma'lum shartlar bajarilsa transfer summasi 78 million funtga tushishi mumkin. 

Ma'lumotlarga qaraganda Chiluell ertaga "Chelsi"da jismoniy tayyorgarlikdan o'tishi kutilmoqda. Shu kunni o'zidayoq London klubi uning transferini e'lon qilishi ehtimoli yo'q emas. Futbolchi o'tgan mavsumda "Lester" safida Angliya Premer-Ligasida 27 ta uchrashuvda maydonga tushdi va 3 ta gol urdi. Yana shuncha golga assistentlik qildi. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sports.ru