"Chelsi" Lempardga o'rinbosar qidirmoqda

Alisher
4 yanv 2021
"Chelsi" jamoa bosh murabbiyligiga Frenk Lempardning o'rniga boshqa mutaxassisni olib kelmoqchi.

"Ko'klar"ning bu qarori jamoa natijalari bilan bog'liq. "Aristokratlar" so'nggi 7ta o'yinda 4ta mag'lubiyatni qabul qilib olishdi.

Rahbariyat Lempardga jamoaning natijalarini qachon yaxshilashi lozimligi to'g'risida shart qo'ymagan. Ammo, "Chelsi" shunday ochko yo'qotishda davom etsa, angliyalik mavsum o'rtasida klubni tark etishi mumkin.

Agar jamoaning natijalari yaxshilansa, Lempard minimum yozgacha o'z lavozimida qoladi.


AlisherMuallif
Manba: The Athletic