"Chelsi" Kristensenni "Barselona"ga bermaydi

Aslanov Jasurbek
20 dek 2018
"Chelsi" himoyachisi Andreas Kristensen kamida joriy mavsum oxirigacha London klubida qoladi.

Ma'lumotlarga ko'ra, ko'klar "Barselona" ijaraga olmoqchi bo'lgan danliyalik futbolchini qishki transfer oynasida qo'yib yubormoqchi emas.

Oldinroq, ko'k-anorranglilar Kristensenga rasmiy taklif bilan chiqqani ma'lum bo'lgan edi. "Barselona" Kristensenni mushaklarida muammo his qilayotgan Samuel Yumtiti o'rniga olib kelmoqchi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail