"Chelsi" "Kristal Pelas" himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

Sherzod Nurmatov
20 iyul 2023, 11:27
"Kristal Pelas" himoyachisi Mark Gexi "Chelsi" e'tiboriga tushdi.

Bu haqda "Evening Standard" xabar bermoqda.

"Kristal Pelas" 23 yoshli angliyalik uchun 50 mln funt talab qilmoqda. Himoyachiga "Chelsi"dan tashqari "Arsenal" va "Tottenxem" ham qiziqyapti.

Gexi – "Chelsi" tarbiyalanuvchisi. U "ko'klar"ning asosiy jamoasida 2 ta o'yin o'tkazgan. 2021 yilda londonliklar uni 23 mln evroga "Kristal Pelas"ga sotishgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Evening Standard