"Chelsi" joriy transfer oynasida Rahim Sterlingni sotmoqchi emas

Alisher
9 iyul 2023
"Chelsi" Sterling borasida bir qarorga keldi.

Londonliklar allaqachon ko'plab o'yinchilar bilan xayrlashishga muvaffaq bo'lishdi. Biroq "Chelsi" qanot hujumchisini sotish haqida o'ylamayapti. 28 yoshli futbolchi bor e'tiborini jamoasiga qaratgan va yangi murabbiy Maurisio Pochettino qo'l ostida o'zini ko'rsatish niyatida.

Rahim Sterling o'tgan yozda "Manchester Siti"dan 55 million evro evaziga "Chelsi"ga o'tgan edi. Angliyalik futbolchining "ko'klar" bilan shartnomasi 2027 yilga qadar amal qiladi.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports