"Chelsi" Jekson bo'yicha qaror qabul qildi

Alisher Ostonov
22 iyun 2025
Londonning "Chelsi" klubi forvardi Nikolas Jekson jamoada qoladi.

"Chelsi" garchi u so'nggi bir necha oy ichida unchalik yaxshi formada bo'lmagan bo'lsa ham, hamon senegallik hujumchining salohiyatiga ishonmoqda va uni qo'yib yubormoqchi emas.

Jekson 2023 yilda "Chelsi" futbolchisiga aylandi. Joriy mavsumda 24 yoshli forvard barcha musobaqalarda 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va oltita assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, Jeksonning narxi 50 million evroni tashkil etadi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: x.com/SebEcrivainFoot