"Chelsi" iste'fo uchun Potterga qancha to'laydi?

Aslanov Jasurbek
4 apr 2023
"Chelsi"ning joriy mavsum murabbiylarga sarflagan umumiy mablag'i 50 mln. funtni tashkil qiladi.

Ma'lumotlarga ko'ra, Grem Potter iste'fo uchun 13 mln. funt "kompensaciya" oladi. Mutaxassis 7 oy davomida London klubida 7 mln. funt ishlab topgan edi.

"Chelsi" Potterni "Brayton"dan sotib olish uchun 22 mln. funt sarflagandi. Buning ustiga sentyabrda iste'foga chiqarilgan Tuxelga 10 mln. funt to'lab bergan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail