"Chelsi" Ispaniya terma jamoasi himoyachisiga qiziqmoqda

Alisher
29 sen 2021
"Vilyarreal" himoyachisi Pau Torres navbatdagi ingliz klubiga qiziqishlari doirasiga tushib qoldi.

24 yoshli futbolchining xizmatlariga Londonning "Chelsi" klubi qiziqish bildirmoqda. "Aristokratlar" "Sevilya" bilan Jyul Kunde borasida kelisha olmaganlaridan so'ng hali ham mudofaa chizig'i haqida o'ylashmoqda.

Torres 2018 yilning iyulidan beri "sariq suvosti kemasi" sharafini himoya qiladi, u ushbu klubning tarbiyalanuvchisidir. Pauning klub bilan tuzgan shartnomasi yana uch mavsumga amal qiladi.

Futbolchi joriy mavsum La Liga doirasidagi 5ta o'yinda maydonga tushdi.


AlisherMuallif
Manba: 90min