"Chelsi" ingliz forvardi uchun transfer poygasida yetakchilik qilmoqda

Alisher Ostonov
17 apr 2025, 14:20
"Chelsi" Liam Delap uchun kurashda peshqadamlik qilmoqda.

22 yoshli hujumchiga "Manchester Yunayted", "Everton" va "Vest Xem" klublari ham da'vogarlik qilmoqda.

Delap 21 yoshgacha bo'lgan Angliya terma jamoasida o'ynagan. Futbolchi bu mavsum "Ipsvich" safida 12 ta gol urdi.

Liamning tovon puli 30 million funt ekani aytilmoqda. O'tgan yozda "Ipsvich" Delapni 15 million funtga sotib olgandi.


O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: mirror.co.uk