“Chelsi” himoyachisi “Liverpul”ga qarshi o'yinda jarohat oldi

15 apr 2019, 08:16
Antonio Ryudiger jarohatga yo'liqdi.

Germaniyalik futbolchi “Liverpul”ga qarshi o'yinning (0:2) birinchi bo'limi o'rtalarida Sadio Mane bilan to'qnashib ketdi va o'yinni davom ettira olmasligi ma'lum bo'ldi. U maydonni tark etib, shifokorlar yordamida kiyim almashtirish xonasiga yo'l oldi. Ryudigen o'rniga o'yinni Andrea Kristensen davom ettirdi. Futbolchining jarohati haqida tez orada rasmiy ma'lumot taqdim etiladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Championat.asia