“Chelsi” himoyachisi “Liverpul” qiziqishlari doirasida

10 avg 2020, 22:54
Mersisaydliklar Antonio Ryudigerni kuzatishmoqda.

Mundo Deportivo  xabariga ko'ra, “qizillar” himoyachiga jiddiy qiziqish bildirishmoqda. Ammo 27 yoshli himoyachi uchun Klopp jamoasi qancha mablag' taklif etayotganligi hozircha ochiqlanmagan.

Ryudiger 2017 yilning yozidan buyon “Chelsi” sharafini himoya qilib kelmoqda. U 35 million evro evaziga “Roma”dan “Chelsi”ga ko'chib o'tgandi. 2019/2020 yilgi mavsumda u “aristokratlar” safida barcha turnirlarda 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol kiritgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Mundo Deportivo