"Chelsi" himoyachisi 1 yarim oyga safdan chiqdi

Mirjalol Normatov
19 mar 2026, 23:35
"Chelsi" bosh murabbiyi Liam Rosenorning aytishicha, himoyachi Trevo Chaloba jarohati sababli bir yarim oyga safdan chiqdi.

26 yoshli futbolchi YCHL 1/8 finali PSJga qarshi javob o'yini doirasida to'pig'ini jarohatlab olgan va shu boisdan zambilda maydonni tark etgandi.

"Trevor o'yinni o'tkazib yuborsa, doimo biz uchun yomon bo'lgan. Lekin jarohat biz kutgandek jiddiy emas ekan. Lekin baribir bu jiddiy jarohat hisoblanadi. Uning tiklanishi uchun 6 hafta vaqt kerak bo'ladi", - dedi Rosenor.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: BBC