"Chelsi" futbolchisi kamida bir oyga safdan chiqdi

Mirjalol Normatov
21 fev 2025, 00:22
"Chelsi" futbolchisi Noni Madueke aprel oyi boshigacha safdan chiqdi.

Vinger APLning 25-turi doirasida "Brayton"ga qarshi o'yinda mushaklarini tortib olgan. "The Telegraph" ma'lumotiga ko'ra, 22 yoshli futbolchi termalarning mart oyidagi o'yinlari yakunigacha safga qaytmaydi. Shundan keyin "Chelsi"ni 2 aprel kuni "Tottenxem"ga qarshi o'yin kutib turibdi. Madueke ushbu bahsgacha tiklanishi kutilmoqda.

Ushbu mavsumda Madueke APLning 23 o'yinida qatnashib, 7 gol va 3 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal