"Chelsi" futbolchisi APL to'purarlar poygasida Xolandga yetib oldi

Aslanov Jasurbek
16 apr 2024, 01:50
Koul Palmer APL to'purarlar poygasida Erling Xoland bilan birinchi o'rinni bo'lishib turibdi.

"Chelsi" yarim himoyachisi "Everton"ga qarshi kechgan APLning 33-tur bahsida poker qayd etdi.

Endi 21 yoshli angliyalik hisobida 20ta gol mavjud. U chempionat to'purari bo'lib turgan "Manchester Siti" hujumchisi Erling Xolandga yetib oldi.

Palmer "gol+pas" tizimida 29 ochko (20+9) yig'ib, "Aston Villa" vakili Olli Uotkins bilan birinchi o'rinni bo'lishib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru