"Arsenal" Filippe Koutinoning transferi ustida ishlamoqda

Alisher
25 may 2020
Londonning "Arsenal" klubi yozda "Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutinoni xarid qilmoqchi.

Ushbu transfer "kanonirlar" bosh murabbiyi Mikel Artetaning tashabbusi bilan amalga oshishi mumkin.

Koutino 2019/20 yilgi mavsumni ijara asosida "Bavariya"da o'tkazmoqda. "Bavariya" braziliyalik futbolchini 120 million evroga xarid qilish imkoniyatidan voz kechdi. Bundan tashqari, Myunxen klubi o'yinchini o'z tarkibida saqlab qolmoqchi.

"Arsenal" allaqachon Filippening agenti bilan aloqaga chiqqan va tez orada shartnoma bo'yicha muzokaralar boshlanadi. 27 yoshli xavbekning xizmatlariga shuningdek Londonning "Chelsi" klubi ham qiziqish bildirmoqda.

Koutino joriy mavsum klub darajasidagi barcha musobaqalarda 32ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 8ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Le10sport.com.