

Feliksning "Chelsi" bilan shartnomasi joriy mavsum oxirigacha amal qiladi. Portugaliyalikning London klubi bilan kelishuvida sotib olish varianti ko'zda tutilmagan.
Avvalroq OAVda "Chelsi" futbolchining mavsum oxirigacha ijarasi uchun Madridga 11 million evro to'lashi, shuningdek, Feliksning maoshi bilan bog'liq barcha xarajatlarni o'z zimmasiga olishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Eslatib o'tamiz, Feliks joriy mavsum "Atletiko" safida barcha turnirlar doirasidagi 14 ta o'yinda qatnashib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma muallifiga aylandi. Qatarda bo'lib o'tgan Jahon chempionatida hujumchi Portugaliya terma jamoasi safida 4 ta o'yin o'tkazib, 1 ta gol urgan va 2 bor sheriklariga assistentlik qilgan.



