Amstredam shahridagi stadionda Portugaliyaning "Benfika" va Angliyaning "Chelsi" klublari o'zaro kurash olib borishdi. Dastlabki bo'limda ustunlik "Benfika" tomonida bo'ldi. Ammo Portugaliya klubi tomonidan tashkil etilgan deyarli barcha hujumda oxirgi zarba bo'lmadi. "Chelsi" futbolchilari esa ikki marta raqib darvozasiga zarba berishdi holos. Oskarning zarbasini Artur osonlik bilan, Lempardning zarbasini esa qiyinchilik bilan qaytarib yubordi.
59-daqiqada Petr Chex to'pni maydon markaziga qadar otib berdi. Mata to'pni oldinroqqa Torresga oshirdi, Fernando to'pni raqib himoyachisi Luizao va darvozaboni Arturni ortda qoldirib, darvozani ishg'ol qildi - 0:1.
68-daqiqada Aspilikueta o'z jarima maydoni ichida to'pni qo'li bilan o'ynadi, bosh hakam penalti belgilandi. Uni Oskar Kardoso aniq amalga oshirib hisobni tenglashtirdi - 1:1.
Hakam tomonidan qo'shib berilgan daqiqalarda Branislav Ivanovich burchakdan oshirib berilgan to'pni darvozaga joylab qo'ydi - 1:2. Aynan mana shu hisob o'yin yakuniy bo'lib chiqdi va "Chelsi" Yevropa ligasi kubogi sohibi bo'ldi! "Aristokratlar" 25 mayga qadar Yevropa chempionlar ligasi va Yevropa ligasi kubogi egasi bo'lishadi.
Yevropa Ligasi. Final.
Benfika Portugaliya – Chelsi Angliya 1:2 (0:0, 1:2)
15 may, 23.45, Amsterdam Arena
Gollar: 0:1 – 60 Torres, 1:1 – 68, penalti Kardoso, 1:2 – 90 Ivanovich.
Benfika – Artur Moraes, Almeyda, Luizao, Garay (Jardel, 78), Melgarexo (Djon, 66), Enco Peres, Matich, Gaytan, Rodrigo (Lima, 66), Salvio, Kardoso.
Chelsi – Chex, Aspilikueta, Ivanovich, Keyxill, E. Koul, David Luiz, Ramires, Mata, Lempard, Oskar, Torres.
Ogohlantirishlar: Oskar (14), Garay (45), Luizao (61).