"Chelsi" e'tiborini Insinega qaratdi

Sherzod Nurmatov
14 noya 2021, 20:40
London klubi "Napoli" hujumchisi Lorenco Insineni qo'lga kiritish niyatida.

Londonliklar yozgacha futbolchini kutishga tayyor, o'shanda uning neapolliklar bilan kelishuvi nihoyasiga etadi.

"Napoli" shartnomani uzaytirish borasida o'yinchi bilan muzokaralar olib bordi, ammo yakunda klub forvardning moliyaviy talabini bajarishga qodir emasligi ma'lum bo'ldi.

Oldinroq hujumchiga "Nyukasl" tomonidan qiziqish bo'layotgani haqida xabarlar tarqaldi.

Insine Italiya chempionati joriy mavsumida 11 o'yinda 4 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca