

"Stemford Brij" egalari futbolchini qo'lga kiritish imkoniyatlarini o'rganishmoqda. "Ko'klar" shu maqsadda 16 yoshli futbolchi va uning oilasini braziliyalik tajribali o'yinchi Tiago Silva bilan tanishtirishdi.
Endrik kelasi yili istiqbolli shartnoma imzolashi kutilmoqda. Biroq u 18 yoshga to'lmagunicha Yevropaga ko'chib o'ta olmaydi. Unga, shuningdek, "Real", PSJ, "Liverpul", va "Manchester Siti" klublari ham jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Hujum chizig'ining barcha nuqtalarida o'ynay oladigan futbolchi joriy mavsum o'z jamoasi safida 13 ta o'yin o'tkazdi va 9 ta gol urib, 1 ta assist qayd etdi.



