"Chelsi" Ekitike transferi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda

Sherzod Nurmatov
22 may 2025
Londonning "Chelsi" klubi Frankfurtning "Ayntraxt" jamoasi hujumchisi Ugo Ekitikega jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Manbaga ko'ra, boshqa klublar raqobatiga qaramay, "Chelsi" hujumchini qo'lga kiritish uchun favorit hisoblanadi. "Ayntraxt" o'z futbolchisi uchun 100 mln evro olmoqchi.

22 yoshli Ugo joriy mavsum Bundesligada 33 o'yin o'tkazib, davrozani 15 marta ishg'ol qildi va 8 ta golli pas uzatdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: RMC Sport