"Chelsi" klubi texnik direktori Maykl Emenalo Paulo Dibala borasida "Palermo" jamoasi rahbarlari bilan muzokaralarni boshlagan.
"Chelsi" Paulo Dibalani sotib olishga qattiq bel bog'lagan. "Palermo" prezidenti Mauricio Dzamparini hujumchini sotishga qarshi emas. Faqatgina juda katta mablag' evaziga Dibala sotilishi mumkinligi haqida Dzamparini aytib o'tgan.